Jondor tumani axborot-kutubxona markazi
Jondor tumani axborot-kutubxona markazi tarixi. 1995 yil bino qurilgan Bino ikki qavatdan iborat boʻlib, umumiy foydalanish maydoni 900 kv.m dan tashkil topadi. .
Axborot-kutubxona markazida 154766 nusxada 39431 nomda Badiiy adabiyotlar mavjud boʻlib, 24505 nomda 93282 nusxada oʻzbek adabiyotlari mavjud. 1822 nomda 5679 nusxada lotin 22683 nomda 88303 nusxada kirill, 14694 nomda 59911 nusxada rus, 216 nomda 827 nusxada boshqa tillar, 8 nomda 24 nusxada ingliz, 8 nomda 22 nusxada qoraqalroq tili adabiyotlarimiz mavjud
Markazning asosiy vazifalari Aholiga Axborot kutubxona xizmati koʻrsatish. Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish Maʼnaviy- maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish
Elektron resurslar va milliy maʼlumotlar bazalariga kirish imkoniyatini taʼminlash ega.
Oʻzbekiston Respublikasida Axborot-kutubxona markazisohasini takomillashtirish va aholiga zamonaviy axborot xizmatlari koʻrsatish maqsadida tuman Axborot-kutubxona markazilari tashkil etilgan .Jondor tumanAxborot-kutubxona markazi ham shu tizimning bir qismi boʻlib, 2019 yilda rasman faoliyat boshlagan. Markaz kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish aholini intellectual va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilib kelmoqda
Asosiy vazifalari
Aholiga axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatish;
Milliy va jahon adabiyoti namunalarini kitobxonlarga yetkazish;
Yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish;
Elektron axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar va kitob taqdimotlarini tashkil etish;
Nodir va qimmatli adabiyotlarni saqlash hamda targʻib qilish;
Axborot resurslarini jamlash, hisobga olish va kitob fondlarini boyitish.
Tuzilmasi
Axborot-kutubxona markazlari odatda quyidagi boʻlimlardan tashkil topadi:
Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish boʻlimi;
Abonement boʻlimi;
Oʻquv zali
Axborot-bibliografiya xizmati;
Elektron resurslar va raqamli xizmatlar boʻlimi;
Kitob fondini shakllantirish va saqlash boʻlimi;
Tuzilma muassasaning ichki nizomiga muvofiq shakllantiriladi.
Faoliyati
Markaz oʻz faoliyati davomida:
Kitobxonlarga bosma va elektron adabiyotlar taqdim etadi;
Turli mavzularda kitob koʻrgazmalari tashkil qiladi;
Adiblar, shoirlar va olimlar bilan uchrashuvlar oʻtkazadi;
Yoshlar oʻrtasida mutolaa tanlovlari va maʼrifiy tadbirlar tashkil qiladi;
Axborot texnologiyalari asosida elektron xizmatlarni rivojlantiradi.
