Jondor tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Chool of genius” xususiy maktabida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida ko‘chma kutubxona faoliyati olib borilmoqda. Ushbu kutubxona orqali maktab o’qituvchi va o’quvchilari o‘zlari qiziqqan badiiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Tashkil etilgan ko‘chma kutubxona, o’qituvchi va o’quvchilarni ma’naviy dunyoqarashini boyitish va ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi