<span class="vcard">jondor_tuman</span>
jondor_tuman

Bugun 25-iyun 2026-yil Jondor tuman O’quv markazida yoshlar bilan “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusida samimiy davra suhbati o‘tkazildi.Asosiy mavzu — bir kun smartfonsiz yashash va vaqtni kitob mutolaasi bilan mazmunli o‘tkazish haqida bo‘ldi.

Xalqimiz o‘zining ardoqli farzandi, XX asrning zabardas shoirlaridan biri G‘afur G‘ulom tavalludining 123  yilligiga atab

Xalqimiz o‘zining ardoqli farzandi, XX asrning zabardas shoirlaridan biri G‘afur G‘ulom tavalludining 123  yilligi munosabati bilan Jondor tuman axborot- kutubxona markazi hamda Jondor tuman ko‘zi …

Xalq og‘zaki ijodi namunalarini keng targ‘ib etish orqali adabiyotlarda saqlanib kelinayotgan milliy qadriyatlarimiz,insoniy fazilatlarimizni targ‘ib qilish maqsadida hamda har oyning 17- sanasida,, Kitobxon onalarʼʼ kuni munosabati bilan 2026-yil 18- iyun kuni Jondor tuman tibbiyot birlashmasida,, O‘zbek xalq dostonlari milliy iftixorimizʼʼ nomli kitob targ‘iboti hamda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

2026- yil 17- iyun kuni Jondor tuman Axborot kutubxona markazida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan «Zakovat bilimdonlari» nomli zakovat intelektual o‘yini tashkil qilindi. O‘yinda mahalla yoshlari o‘zlarining zakovatli ekanligini namoyon qilishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 – yil 26 – martdagi “Manaviy- ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ – 5040 – sonli qarori  hamda tuman Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining 2026-yil 10-fevraldagi 01/290-sonli bayonining 4-ilovasi ijrosini ta’minlash maqsadida mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar barcha bo’lim, korxona va tashkilot hamda muassasalarda har hafta seshanba kuni “Ma’rifat soati” o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu sababli, joriy yilning  16-iyun kuni  Jondor tuman axborot-kutubxona markazida 26-iyun Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Hayoting o‘z qo‘lingda”,  “Sog‘lom turmush-kelajak poydevori”  mavzularida “Ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston mahallalar uyushmasi bilan hamkorlikda2026-yil 12-iyun kuni Jondor tuman Axborot-kutubxona markazida navbatdagi siyosiy ma’rifat soati bo’lib o’tdi. Jondor tuman bo’linmasi tomonidan taqdim etilgan siyosiy ma’rifat soati AKM mutaxassislari ishtirokida tinglandi.Siyosiy ma’rifat soatida AKM xodimlari milliy liboslarda ishtirok etdilar.

2026-yil 11-iyun kuni Jondor tuman axborot – kutubxona markazi xodimlari bilan “Biz giyohvandlikka qarshimiz !” nomli chorlov tashkil qilindi.Chorlovning asosiy maqsadi aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish ,giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida tushuncha berib yoshlarni turli salbiy illatlardan asrash.