

Ona tili — har bir millatning oʻzligi, uning bebaho manaviy boyligi va madaniy merosidir. Yosh avlod qalbida oʻz xalqining tili, tarixi va qadriyatlariga boʻlgan cheksiz hurmat hamda muhabbatni shakllantirish davlatimiz taʼlim-tarbiya tizimining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.Ayni shu ezgu maqsad yoʻlida Jondor tuman axborot kutubxona markazida “Til millat ko’zgusi millat ruhidir” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi.
