Yurtimizda Vatanparvarlik oyligi doirasida mazmunli uchrashuv hamda 9-may Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira-abadiy, qadr- muqaddas” mavzusida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi.9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda yurtimiz tinchligi va mustaqilligi yo‘lida xizmat qilgan insonlarni yod etdik, ularning jasorati va fidoyiligini yana bir bor e’tirof etildi.Uchrashuv davomida Vatanga muhabbat, ajdodlar merosini asrash va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari muhokama qilindi. Har birimiz uchun yagona Vatan bor – uni asrash va rivojlantirish barchamizning muqaddas burchimizdir.





