Yangi kitob taqdimoti
Yangi kitob taqdimoti

Yangi kitob taqdimoti

Jondor tumani tarixiy va madaniy merosini yoritishga bag‘ishlangan “Jondor geografik obyektlari” nomli yangi ilmiy-ommabop to‘plam kitobxonlarga taqdim etildi. Mazkur asar hududdagi tepaliklar, aholi yashash punktlari, ziyoratgohlar hamda qabristonlar haqidagi muhim ma’lumotlarni o‘zida jamlagani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.Kitobda joy nomlari orqali Jondor tumanining tabiiy sharoiti, relefi, o‘simlik va hayvonot dunyosi keng yoritilgan. Shu bilan birga, aholining tarixiy kasb-kori, hunarmandchilik an’analari va turmush tarzi haqida ham qimmatli ma’lumotlar berilgan.Shu bilan birga ushbu kitobdan barcha kitobxonlar ayniqsa mahalla , mutasaddi tashkilotlar , kadastr xizmati xodimlari o’zlari uchun zarur ma’limotlarni oladilar

Kitob muallifi — Jondor tumani hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ra’no Raximova

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *