Xalqimiz o‘zining ardoqli farzandi, XX asrning zabardas shoirlaridan biri G‘afur G‘ulom tavalludining 123 yilligi munosabati bilan Jondor tuman axborot- kutubxona markazi hamda Jondor tuman ko‘zi ojizlar kutubxona xodimlari hamkorlikda ʼʼ O‘zbek xalqining birinchi akademigiʼʼ nomli xotira kechasini tashkil qildilar. Kechada G‘afur G‘ulomning nomi, bosib o‘tgan hayot yo‘li, serqirra ijodi haqida so‘z yuritildi.AKM mutaxassisi D. Narziyeva tomonidan,, G‘afur G‘ulom asarlari kitobxonlar qalbidaʼʼ nomli kitob ko‘rgazmaziga sharh berib o‘tdilar. Ayniqsa shoirning ʼʼShum bolaʼʼ asari barchamiz uchun sevimli bo‘lib qolgan deb asar qahramoni Qoravoy haqida to‘xtalib o‘tdilar. Xotira kechasida faol kitobxonlar timonidan adibning sheʼrlaridan naʼmunalar aytildi. Kecha so‘ngida G‘afur G‘ulom asarlari o‘qishga tavziya qilindi. Xotira kechasida 18 nafar ishtirokchi ishtirok etdi





