




Jondor tuman Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Uyg‘onish” yoshlar adabiy tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.Tanlovda yosh ijodkorlarning she’riy va nasriy asarlari ko‘rib chiqilib, ularning badiiy mahorati, ijodiy yondashuvi hamda adabiyotga bo‘lgan intilishi e’tiborga olindi.Shuningdek, insoniy fazilatlarni ulug‘lash, ezgulik, halollik, vatanparvarlik, ma’naviy yetuklik va milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi ijodiy asarlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.Mazkur tanlov yoshlarning ijodiy izlanishlarini rag‘batlantirish, yangi iste’dodlarni yuzaga chiqarish hamda tumanimizda adabiy muhitni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ijod — qalb uyg‘oqligi, adabiyot esa ma’naviyat ko‘zgusidir!
