



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston mahallalar uyushmasi hamkorligida 2026-yil 13-noyabr kuni Jondor tuman Axborot-kutubxona markazida navbatdagi “Siyosiy maʼrifat soati” tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarning milliy liboslarda qatnashgani milliy qadriyatlarni asrash va targ‘ib etishga bo‘lgan e’tiborning amaliy ifodasi bo‘ldi.
