Tariximsan, taqdirimsan ona tilim
Tariximsan, taqdirimsan ona tilim

Tariximsan, taqdirimsan ona tilim

Jondor tumanidagi 14-son Bolalar musiqa va san’at maktabida 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilanʼʼTariximsan, taqdirimsan ona tilim” deb nomlangan tantanali va badiiy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 
Har bir millatning o‘zligi, tarixi va ma’naviy qiyofasini aks ettiruvchi eng ulug‘ boyligi bu — uning ona tilidir. 1989-yil 21-oktyabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani va ushbu sananing yurtimizda keng nishonlanishi xalqimizning o‘z ma’naviy ildizlariga bo‘lgan hurmati va e’borining yorqin ifodasidir. 
San’at va ma’rifat maskanida o‘tkazilgan bayram tadbirida Jondor tuman hokimi Jamshid Xudoyev ishtirok etib, barcha tuman ahlini qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *