2026-yil 13-may kuni Jondor tuman axborot-kutubxona markazida faol kitobxonlar va yoshlar ishtirokida ”Nikoh tushunchasi va uning huquqiy asoslari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Nikohning ixtiyoriyligi: Nikoh quruvchi tomonlarning o‘zaro roziligi oila mustahkamligining bosh omili ekanligi;
Nikoh tuzish tartibi: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksida belgilangan yosh va tartib-taomillar;
Huquqiy oqibatlar: Nikoh tuzilishi va uning tugatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy hamda nomulkiy huquq va majburiyatlar. Davra suhbati davomida 2-son maktabning matematika fani o‘qituvchisi Jasmina Axatova ham mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Ma’ruza davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga huquqiy jihatdan asoslantirilgan javoblar qaytarildi.Ushbu tadbir yoshlarda oilaga nisbatan mas’uliyat hissini shakllantirish va ularning huquqiy bilimlarini boyitishga xizmat qilishi shubhasiz.




