



2026 yil 29-sentabr kuni Jondor tuman axborot -kutubxona markazi tomonidan ʼʼIlk rivojlanishʼʼ markazida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonaga Abonementlarga xizmat ko‘rsatish zali mutaxassisi D.Fuzaylova tomonidan yangi adabiyotlar olib borildi. Yetkazib berilgan kitoblar mutaxassislar tomonidan ro‘yxatga olinib, bolalar mutolaasi uchun taqdim etildi. Mazkur tashabbus yosh kitobxonlarning intellektual salohiyatini oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi
