



Davlat xizmatchilarining siyosiy bilimlarini oshirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida joriy yilning 2-oktabr kuni bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” Jondor tuman axborot-kutubxona markazida o‘tkazildi.Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. “Siyosiy-ma’rifat soati” jarayonida Jondor tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi go’zal qadriyatlarimiz tarovatini ko’rsatib beruvchi milliy liboslarda ishtirok etdilar.
